Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Fayzulloh Dadajonov maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

“Yoshlar kuni” doirasida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Fayzulloh Dadajonov maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

Andijon shahridagi 31-umumta’lim maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning sifatli ta’lim olishini ta’minlash hamda zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish maqsadida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida F. Dadajonov mamlakatimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Zamonaviy ishlab chiqarish va sanoat tarmoqlarida yuz berayotgan yangilanishlar kelajak kasblariga bo‘lgan ehtiyojni oshirayotgani, bu esa yoshlarni raqobatbardosh kadrlar etib tayyorlash zaruratini kuchaytirayotgani qayd etildi.

Shuningdek, bitiruvchilarning kelajak rejalari muhokama qilinib, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 5