Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Toshloq tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshloq tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani, xodimlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilayotgani, murojaatlar bilan ishlash va ochiqlikni ta’minlash borasida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Shu bilan birga, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hujjatlar yuritilishida shaffoflikni yanada kuchaytirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida inson omilini qisqartirish hamda raqamlashtirishni kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 12