Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Marg‘ilonda uy-joy qurilish shirkati faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faollari ishtirokida A.Navoiy mahallasida joylashgan “Drujba” uy-joy qurilish shirkati faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning texnik holati, kirish yo‘laklari va yerto‘lalarning saqlanishi, tom qoplamalari, ichki muhandislik tarmoqlari, sanitariya holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar, to‘lovlar tizimi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Deputatlar tomonidan shirkatning shartnoma asosidagi majburiyatlari, bajarilgan ishlar hajmi oʻrganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4