Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, taklif va muammolari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi. Yoshlar uchun savdo-servis loyihalarini amalga oshirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, grant va moliyaviy ko‘maklar ajratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan bir qator taklif va tashabbuslar bildirildi. Ularni amaliyotga joriy etish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan doimiy muloqotni kuchaytirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda shahrimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9