Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Ramazon oyida narx-navoni barqaror saqlash — ustuvor vazifa

Ramazon oyi munosabati bilan aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash, savdo rastalarida narx-navolarni asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat rahbari tomonidan ma‘sullarga aniq topshiriqlar berilgan.

Ushbu topshiriqlar ijrosini nazoratga olish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Mardonova hududdagi yirik savdo majmualari va bozorlarda bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar — un, yog‘, go‘sht, shakar, guruch va sabzavotlar narxining barqarorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo majmualari rahbarlari va tadbirkorlar bilan muloqot davomida Ramazon oyida aholiga qulaylik yaratish, mahsulotlar yetarli zaxirasini shakllantirish, sun’iy tanqislik va asossiz narx oshirish holatiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Xaridorlar bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Slide 1 of 1