Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan “Yuqori Beshqo‘rg‘on”, "Nihol" va "G‘alaba" mahallalar fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan “Yuqori Beshqo‘rg‘on”, "Nihol" va "G‘alaba" mahallalar fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi. 

 Uchrashuvda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev va bosh mutaxassis Umidjon Shopatixov, mahalla raisi "yettilik" a’zolari, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdilar. Ochiq muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar, xususan, ekologiya, infratuzilma, obodonlashtirish, ijtimoiy soha hamda kundalik hayot bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.

Sayyor qabuli davomida Sh.Umarxodjayeva tashabbusi bilan “Yuqori Beshqo‘rg‘on” mahalla hududiga ekilgan daraxtlarni sug'orish tizimi yo'lga qo'yilganligi fuqarolar tomonidan yuqori baholanib, kelgusida bu kabi harakatlarni "G‘alaba" va "Nihol" mahallalariga ham joriy qilinishida ko‘mak so‘radilar hamda jonkuyar deputatga minnatdorchilik bildirdilar. Shuningdek, yig‘ilishda ichimlik suvi, yo‘l va obodonlashtirish, jamoat transporti hamda ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, mahallalarda tozalikni ta'minlash uchun ko‘proq jamoaviy ishlar o‘tkazishni, fuqarolarni o‘zgartirishga, tozalash va obodonlashtirish ishlarida ko‘maklashishga chaqirdi.

 Kengash raisi o‘z nutqida: “Deputatlik bu nafaqat qonunlar ustida ishlash, balki xalq bilan hamnafas bo‘lish, ularning ishonchini oqlashdir. Bu ishonch bizni har kuni yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirishga undaydi, agar hamkorlikda, bir yoqadan bosh chiqarib ishlasak, hududimizda muammolar qolmaydi. Muammolarni bir kunda hal etish oson emas, lekin yechim topish uchun harakatlarimizni to‘xtatmaymiz. Natija, albatta, bo‘ladi.” — deya ta’kidladi.

️ Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirgan masalalar amaliy yechim topishi uchun mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda deputatlik so‘rovlari yuborilishi va sayyor qabul-muloqotlar rejaga muvofiq davom ettirilishi ta’kidlandi. Shuningdek, Nuroniylar yurtimiz rivoji, mutasaddilar va deputat Shaxnoza Umarxodjayevaning faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab duolar qilishdi.

Slide 1 of 10