✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Bandixon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
💧 Mazkur javobda Bektepa mahallasi Oybek ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning oqova suv bilan bog‘liq murojaati o‘rganib chiqilgani, mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib holat o‘rganilgani hamda mahallada suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.
🔹 Shuningdek, fuqarolarga navbat grafigi asosida suv yetkazib berilishi ta’kidlandi.
🤝 Deputatlik nazorati fuqarolarning muammolarini hal etish, ularning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.