Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
янв.21
Депутатлар тәрепинен «Камбағаллықтан параўанлыққа қарай» бағдарламасының орынланыўы үйренилди
янв.21
ПУҚАРАЛАР МҮРӘЖАТЛАРЫ ИТИБАР ОРАЙЫНДА: «ПАШЕНТТАЎ» АПЖДА ҮЙРЕНИЎ ЖУМЫСЛАРЫ АЛЫП БАРЫЛДЫ
янв.21
Руўхый-ағартыўшылық кешеси
янв.21
ҒӘЛЛЕ МАПАЗЫ ҚЫЗҒЫН ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
«МӘҲӘЛЛЕ ЖЕТИЛИГИ» АҒЗАЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСЫЎ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI ÓNERMETSHILIK JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
MÁHÁLLE JUMISI ÚYRENILDI
Qirguli mahallasidagi muammo deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Anvarova tomonidan fuqarolar murojaati asosida Qirguli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan muammo joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Qirguli mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mahalla faollari ham ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida hududdagi uzunligi qariyb 800 metr bo‘lgan ariqning turli chiqindilar, loyqa va o‘simlik qoldiqlari bilan to‘lib qolgani aniqlandi. Natijada suvning erkin oqishi qiyinlashib, ariqning ikki cheti yuvilib ketayotgani, bu esa serqatnov yo‘lning torayishiga hamda yaqin atrofdagi aholi xonadonlarida zaxlik yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Murojaatni joyida o‘rganish natijasida mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi belgilandi. Xususan, ariqni maxsus texnikalar yordamida tozalash, uning o‘zanini tartibga keltirish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida ariqni betonlashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalarni yuklash va muammoning yechimini ta’minlash maqsadida deputat M.Abdurahmonova tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimiga erishish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5