Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар тәрепинен «Камбағаллықтан параўанлыққа қарай» бағдарламасының орынланыўы үйренилди
янв.21
ПУҚАРАЛАР МҮРӘЖАТЛАРЫ ИТИБАР ОРАЙЫНДА: «ПАШЕНТТАЎ» АПЖДА ҮЙРЕНИЎ ЖУМЫСЛАРЫ АЛЫП БАРЫЛДЫ
янв.21
Руўхый-ағартыўшылық кешеси
янв.21
ҒӘЛЛЕ МАПАЗЫ ҚЫЗҒЫН ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
«МӘҲӘЛЛЕ ЖЕТИЛИГИ» АҒЗАЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСЫЎ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI ÓNERMETSHILIK JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
MÁHÁLLE JUMISI ÚYRENILDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
DEPUTAT QURILIS JUMISLARI MENEN TANISTI.
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLE PUQARALARI MENEN USHIRASTI
“Takiya ota” ziyoratgohida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi

“Takiya ota” ziyoratgohida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashiga 3-Takiya saylov okrugidan saylangan deputat A.Abdinazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–386-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Takiya ota” ziyoratgohida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ziyoratgoh hududini zarur infratuzilma bilan ta’minlash, tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududni obodonlashtirish hamda olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati muhokama qilinib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati tadbirlari doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3