Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар тәрепинен «Камбағаллықтан параўанлыққа қарай» бағдарламасының орынланыўы үйренилди
янв.21
ПУҚАРАЛАР МҮРӘЖАТЛАРЫ ИТИБАР ОРАЙЫНДА: «ПАШЕНТТАЎ» АПЖДА ҮЙРЕНИЎ ЖУМЫСЛАРЫ АЛЫП БАРЫЛДЫ
янв.21
Руўхый-ағартыўшылық кешеси
янв.21
ҒӘЛЛЕ МАПАЗЫ ҚЫЗҒЫН ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
«МӘҲӘЛЛЕ ЖЕТИЛИГИ» АҒЗАЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСЫЎ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI ÓNERMETSHILIK JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
MÁHÁLLE JUMISI ÚYRENILDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
DEPUTAT QURILIS JUMISLARI MENEN TANISTI.
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLE PUQARALARI MENEN USHIRASTI
Deputatlik nazorati va amaliy tahlil: "Saxovat" mahallasidagi ishlar hamda deputat faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati X.Jurayevning saylov okrugi hududidagi “Saxovat” mahallasida bo‘ldilar.

⏺O‘rganishlar davomida Kengash deputati X.Jurayevning o‘tgan davr mobaynidagi deputatlik faoliyati tahlil qilindi.

💬 Xususan, quyidagi eng muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

🟢Deputatning o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari va ochiq muloqotlarining tizimliligi;

🟢Saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularni hal etish borasida yuborilgan deputatlik so‘rovlari;

🟢Shahar Kengashi qarorlarining joylardagi ijrosini ta'minlash hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi faolligi.

💬 Shu bilan bir qatorda, deputatlar mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazib, bugungi kunda mahalla xodimlarining ("mahalla yettiligi" va boshqa xodimlarning) ish faoliyatini muhokama qildilar.

🟢Aholi muammolarini erta aniqlash va ularni hal etish borasida xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar;

🟢Hududdagi ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi kunlik tadbirlar samaradorligi ko‘rib chiqildi.

🫥 Bizning bosh maqsadimiz — xalq ichida bo‘lish, deputatlik mas'uliyatini oshirish va xalqimiz roziligiga erishishdir!