Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
янв.21
Депутатлар тәрепинен «Камбағаллықтан параўанлыққа қарай» бағдарламасының орынланыўы үйренилди
янв.21
ПУҚАРАЛАР МҮРӘЖАТЛАРЫ ИТИБАР ОРАЙЫНДА: «ПАШЕНТТАЎ» АПЖДА ҮЙРЕНИЎ ЖУМЫСЛАРЫ АЛЫП БАРЫЛДЫ
янв.21
Руўхый-ағартыўшылық кешеси
янв.21
ҒӘЛЛЕ МАПАЗЫ ҚЫЗҒЫН ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
«МӘҲӘЛЛЕ ЖЕТИЛИГИ» АҒЗАЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСЫЎ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI ÓNERMETSHILIK JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
MÁHÁLLE JUMISI ÚYRENILDI
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yoshlarning yozgi ta’tili e’tibor markazida: “Dolzarb 90 kun” doirasida hisobot eshitildi

Xalq deputatlari Uzun tumani kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumanimizda davom etayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mahallalar va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirining hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, yoz mavsumida o‘quvchilarning vaqtini bekor o‘tkazmaslik, ularni sport, madaniyat va intellektual to‘garaklarga jalb etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmoqda.

Xususan:
Maktablarda tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati;
Mahallalarda "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi sport musobaqalari;

Yoshlarning kitobxonlik va IT savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar reja asosida olib borilmoqda.

Komissiya a’zolari tomonidan hisobot tahlil qilinib, chekka mahallalardagi yoshlarni ham to‘garaklarga to‘liq qamrab olish, maktablardagi sport maydonchalaridan samarali foydalanish hamda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiya va topshiriqlar berildi.

Yoshlarimizning ta’til davrini nafaqat maroqli, balki kelajaklari uchun foydali o‘tkazishlarini ta’minlash komissiyamizning doimiy nazoratida qoladi.