Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
янв.21
Депутатлар тәрепинен «Камбағаллықтан параўанлыққа қарай» бағдарламасының орынланыўы үйренилди
янв.21
ПУҚАРАЛАР МҮРӘЖАТЛАРЫ ИТИБАР ОРАЙЫНДА: «ПАШЕНТТАЎ» АПЖДА ҮЙРЕНИЎ ЖУМЫСЛАРЫ АЛЫП БАРЫЛДЫ
янв.21
Руўхый-ағартыўшылық кешеси
янв.21
ҒӘЛЛЕ МАПАЗЫ ҚЫЗҒЫН ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
«МӘҲӘЛЛЕ ЖЕТИЛИГИ» АҒЗАЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСЫЎ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI ÓNERMETSHILIK JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
MÁHÁLLE JUMISI ÚYRENILDI
OLTINSOY TUMANIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA IJTIMOIY INFRATUZILMA HOLATI DEPUTATLAR NAZORATIDA.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilashga qaratildi.

Dastlab tumandagi “Obod Turmush” mahalla yettiligi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Muhokamalar davomida mahalla yettiligining joriy yilda amalga oshirgan ishlari, xususan, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy daftarlar bilan ishlash tizimi ko‘rib chiqildi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, ularning yechimi bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.


Murojaatlarni o‘rganish va hudud obodligini ko‘zdan kechirish maqsadida mas’ullar bevosita mahallaning ichki hududlariga chiqishdi. Mahalladagi mavjud binolar va ijtimoiy ob’ektlar atrofi ko‘zdan kechirilib, ularni ta’mirlash
hamda obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.


Hududdagi daraxtzorlar va xiyobonlar holati ko‘zdan kechirildi. Bu yerda ekologik muhitni yaxshilash, daraxtlarni parvarish qilish va aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun sharoitlarni kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Nazorat tadbirlari doirasida ko‘cha va yo‘l chetlarini kengaytirish, piyodalar hamda transport vositalari harakati uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar joyida o‘rganildi.


O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va hudud infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar deputatlar tomonidan qat’iy
nazoratga olindi.


✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 7