Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
янв.21
Депутатлар тәрепинен «Камбағаллықтан параўанлыққа қарай» бағдарламасының орынланыўы үйренилди
янв.21
ПУҚАРАЛАР МҮРӘЖАТЛАРЫ ИТИБАР ОРАЙЫНДА: «ПАШЕНТТАЎ» АПЖДА ҮЙРЕНИЎ ЖУМЫСЛАРЫ АЛЫП БАРЫЛДЫ
янв.21
Руўхый-ағартыўшылық кешеси
янв.21
ҒӘЛЛЕ МАПАЗЫ ҚЫЗҒЫН ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
«МӘҲӘЛЛЕ ЖЕТИЛИГИ» АҒЗАЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСЫЎ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI ÓNERMETSHILIK JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
MÁHÁLLE JUMISI ÚYRENILDI
Deputat tomonidan “Rayxon” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 24-“Rayxon” saylov okrugi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayxon” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli X.Aliyeva faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, “Ayollar daftari” bilan ishlash hamda ehtiyojmand fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi 2-guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolar F.Ziyayeva, G.Ziyayeva va X.Ergashevaga sog‘lig‘ini tiklash maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq sanatoriyasiga bepul yo‘llanmalar ajratilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro O.Xorchenkoning murojaati ham ijobiy hal etildi. Unga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 6 million so‘m moddiy yordam ajratilib, davolanish uchun zarur sharoit yaratildi. Fuqaro belgilangan tartibda davolanish kursini o‘tib qaytgani qayd etildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida bo‘lib, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4