Bugun, 8-oktabr kuni, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash kotibiyati mudiri A.Karimovlar“Banokatiy” hamda “Qorasuv” mahallalarida bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, kriminogen vaziyatni o‘nglash borasidagi ishlar muhokamasiga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda jinoyatchilikni jilovlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida hududda sodir etilgan qonunbuzarliklar mahallalar kesimida tahlil qilindi.