Joriy yilda Mirobod tumanida 2077 nafar yoshlar umumta’lim maktablarini tamomlaganlar. Shundan 1504 nafari turli OTMlarga, 25 nafari kollej va texnikumlarga kirganlar, 303 nafari ishga joylashgan va o‘zini o‘zi band qilgan.
Bandligi ta’minlanmagan bitiruvchilar soni 245 nafarni tashkil etmoqda.
Mutassadilar yoshlar bilan muloqot davomida, ularning kelgusidagi rejalarini tinglab, hozirda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladi.
Muloqot davomida istagi o‘qish bo‘lmagan yoshlarga professional ta’limning afzalliklari haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, mas’ullarga 5 nafar yoshlarni ular tanlagan turli kasb va til kurslarida o‘qitish, yana 2 nafarining tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun qo‘llab-quvvatlash vazifalari topshirildi.