Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev hamda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Ulug‘bek Mamarajabov, shahar prokuraturasi tarmoq rahbarlari Mirobod tumani sektor rahbarlari - tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari, tuman prokurori Bobur Abdullaev, tuman IIOFMB boshlig‘i Otabek Xadjaev, tuman DSI boshlig‘i Xabibullo Inomovlar hamda mutasaddi tashkilotlar mas’ullari bilan birgalikda tumanda qurilishga oid davlat dasturlari ijrosini o‘rgandilar.
Dastlab, 1-sonli oilaviy poliklinikada olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, navbatdagi obyekt – Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasi bo‘ldi.