Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati U. Umarov tomonidan o‘z saylov okrugida hududiy muammolarni o‘rganish va aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari kuz-qish mavsumida aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, elektr ta’minoti barqarorligini oshirish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish maqsadida yangi transformator o‘rnatish ishlari olib borilayotgan hududda tashkil etildi.
Deputat joyiga chiqqan holda amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdi. O‘rganish davomida yangi transformator o‘rnatish orqali elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, aholi xonadonlariga barqaror elektr yetkazib berish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.