Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyati mudiri U.Kuryazov tomonidan tumanning Nurafshon mahallasida ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida ichki ariqlarni betonlashtirish orqali suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, suvning isrof bo‘lishining oldini olish hamda sug‘orish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.
Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi Qonuni, 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1076-son Qonun talablari ijrosi doirasida o‘rganildi.
Mas’ullar tomonidan mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda ishlarni belgilangan talablar asosida davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.