📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 18-Boston saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Qalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Guliston MFY yoshlar yetakchisi va Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Saparbayev Jamolbek Jaxongiro‘g‘li bilan birgalikda yangi tashkil etilgan “Ro‘zimboy Ota” kafesi faoliyatini o‘rgandi.
☕️ Tadbirkorlik faoliyati bilan tanishish davomida kafeda 3 ta yangi ish o‘rni yaratilgani qayd etildi.
⚖️ O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni doirasida amalga oshirildi.
🤝 Maqsad — tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlash.