📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 18-Boston saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Qalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Guliston MFY yoshlar yetakchisi va Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Saparbayev Jamolbek Jaxongiro‘g‘li bilan birgalikda davlat dasturlari doirasida Guliston mahallasidagi zovurda amalga oshirilayotgan yopiq drenaj ishlarini o‘rgandi.
🚜 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlar holati va ularning belgilangan talablar asosida amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.
🤝 Maqsad — hududning meliorativ holatini yaxshilash va davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish.