Oila — jamiyat tayanchi, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash esa farovon jamiyatning muhim shartidir. Shu bois, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va mavjud masalalarga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash hamda oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning kasb-hunar egallashi, tadbirkorlikka jalb etilishi, jamiyat hayotidagi faolligini oshirish va ularning murojaatlari bilan samarali ishlash masalalarining ahamiyati qayd etildi.
Deputatlik faoliyati doirasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, oilalar va xotin-qizlarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni qonuniy tartibda hal etishga ko‘maklashish muhim vazifalardan biridir.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilalar farovonligini oshirish va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar deputatlik nazoratida bo‘ladi.