Qoravul mahallasida naslchilik sohasidagi qonunchilik ijrosi va chorvachilikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda tumani Kengashi deputati Ulug‘bek Allaberganov “Qoravul” mahallasida joylashgan chorvachilik fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, sohaga oid qonunchilik hujjatlarining ijro etilish holatini atroflica o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 165-I-sonli “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining joylardagi ijrosi, chorva mollarining nasl sifatini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash hamda mahsuldorlikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar e’tibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, muloqot chog‘ida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutassaddilar bilan sohadi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, chorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.