📍 Aholi murojaatlari va mavjud muammolar — e’tibor markazida
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda ko‘chama-ko‘cha yurib, hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rganmoqda.
🔎 O‘rganish jarayonida:
aholini qiynayotgan kundalik muammolar aniqlanmoqda;
ichki yo‘llar va infratuzilma holati ko‘zdan kechirilmoqda;
fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanmoqda;
muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilashga e’tibor qaratilmoqda.