Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASIDA SESSIYA KOTIBI SAYLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
SPORT SOHASIDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MILLIY METODIKALARNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
янв.21
#munosabat Özbek yozuvining takomillaşuvi — kelajak avlod uçun muhim qadam
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI KENGASH SESSIYASIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasida tuman prokurorining kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
янв.21
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI KENGASHDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMLARIGA 1 959 TA ISH O‘RNINI ZAXIRAGA QO‘YISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN QAROR QABUL QILINDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Iş_reja_ijrosi
#Oylik_Iş_reja_ijrosi
#Haftalik_iş_reja_ijrosi
#Kunlik_iş_reja_ijros
📍 MAHALLA NURONIYLARI BILAN UÇRAŞUV: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR ÖRGANILDI


Xalq deputatlari Şerobod tumani Kengaşi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Şerobod tumani Kengaşining 5-sonli “Guliston–Galaguzar” saylov okrugidan saylangan deputat O.Umarovning saylov okrugiga qaraşli “Guliston” mahallasida mahalla nuroniylari bilan uçraşuv ötkazildi.

🔹 Uçraşuv davomida mahalla nuroniylari bilan samimiy muloqot qilinib, hududda mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda mahalla hayotini yanada yaxşilaş yuzasidan bildirilgan takliflar örganib çiqildi.

🔹 Şuningdek, Xalq deputatlari Şerobod tumani Kengaşining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almaşildi. Mazkur masalalarning mazmun-mohiyati, ularning mahalla obodonligi, hudud rivoji va aholi farovonligini ta’minlaşdagi ahamiyati muhokama qilindi.

🔹 Muloqot davomida mahalla infratuzilmasini yaxşilaş, obodonlaştiriş işlarini jadallaştiriş, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etiş hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda örganib çiqiş muhimligi ta’kidlandi.

🔹 Şuningdek, sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan fikr va takliflar mahallalar rivoji, aholi turmuş farovonligini oşiriş hamda hududlarda amalga oşirilayotgan işlar samaradorligini ta’minlaşga qaratilgani qayd etildi.

✅ Xalq bilan muloqot — mahalla ravnaqi va aholi farovonligi yölida muhim qadam!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3