🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
🌿 Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi
📌 MUHOKAMA MAVZUSI
2026-yil kuzgi mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida
🎙 AXBOROT BERUVCHI
Quromboyev Lazizbek Ulug‘bekovich — Xorazm viloyati ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Shovot tumani bo‘limi boshlig‘i.
🌱 ASOSIY YO‘NALISHLAR
🌳 Mahallalarda yashillik darajasini oshirish;
🌿 Daraxt va ko‘chatlar ekish ishlarini tashkil etish;
💧 Ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash va sug‘orish choralarini ko‘rish;
🤝 Hududlarni obodonlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash.
🎯 MAQSAD
Tumanda yashil hududlarni kengaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun qulay atrof-muhit yaratish.