Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Yo‘ldoshovaga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tashkilotning ish faoliyati, belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar hamda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi ishlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Maqsad: deputatlik nazoratini kuchaytirish, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish va aholi manfaatlarini ta’minlash.