Mazkur qonun talablari asosida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova, O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi O. Akimova hamda tuman Kengashi deputati O. Yo‘ldoshova tomonidan deputatning saylov okrugidagi oziq-ovqat do‘konida mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish yakunida do‘kon mas’ullariga oziq-ovqat xavfsizligi talablariga rioya qilish hamda yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar savdosiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.