Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASIDA SESSIYA KOTIBI SAYLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
SPORT SOHASIDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MILLIY METODIKALARNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
янв.21
#munosabat Özbek yozuvining takomillaşuvi — kelajak avlod uçun muhim qadam
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI KENGASH SESSIYASIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasida tuman prokurorining kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
янв.21
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI KENGASHDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMLARIGA 1 959 TA ISH O‘RNINI ZAXIRAGA QO‘YISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN QAROR QABUL QILINDI
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI

#162_ta_eng_muhim_qonun #deputatlik_nazorati_Uchtepa

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining "13-Uçtepa" saylov okrugi deputati Jamşid Karimov hamda tuman Kengaşi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan mahallalarda oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi yuzasidan örganiş işlari olib borildi.

🤔 Örganiş davomida aholining kundalik iste’molida muhim örin tutadigan göşt mahsulotlarining narx-navosi, sifati, sanitariya holati hamda belgilangan talablarga muvofiq saqlanişi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, mahsulotlarning iste’molçilarga yetkazib berilişigaça bölgan jarayonlar közdan keçirildi.

📂 Mazkur örganiş Özbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 483-I-sonli “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi töğrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida taşkil etildi. Örganiş jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya normalariga rioya qilgan holda saqlaş, taşiş va savdoga çiqariş, şuningdek, xaridorlarga sifatli hamda xavfsiz mahsulot yetkazib beriş tartiblari yuzasidan tuşuntirişlar berildi.

📈 Bunday örganişlar aholi salomatligini muhofaza qiliş, iste’molçilar huquqlarini ta’minlaş va bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4