Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASIDA SESSIYA KOTIBI SAYLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
SPORT SOHASIDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MILLIY METODIKALARNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
янв.21
#munosabat Özbek yozuvining takomillaşuvi — kelajak avlod uçun muhim qadam
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI KENGASH SESSIYASIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasida tuman prokurorining kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
янв.21
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI KENGASHDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMLARIGA 1 959 TA ISH O‘RNINI ZAXIRAGA QO‘YISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN QAROR QABUL QILINDI
TOSHKENT SHAHRIDA RAQAMLI IQTISODIYOT, SUN’IY INTELLEKT VA INNOVATSION LOYIHALAR IJROSI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ TOSHKENT SHAHRIDA RAQAMLI IQTISODIYOT, SUN’IY INTELLEKT VA INNOVATSION LOYIHALAR IJROSI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Majid Taxirov tomonidan poytaxtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i D. Xudaybergenov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovida 2024–2026-yillarda Toshkent shahrida raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar va sun’iy intellekt sohalarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi hamda erishilgan natijalarni tahlil qilish masalasi ko‘tarilgan.

💻 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, innovatsion faollikni oshirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

💰 Deputat Majid Taxirov tomonidan mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan asosiy natijalar, ajratilgan va o‘zlashtirilgan mablag‘lar miqdori hamda ularning moliyalashtirish manbalari kesimidagi ko‘rsatkichlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🚀 Shuningdek, Toshkent shahrida amalga oshirilgan raqamli va sun’iy intellekt loyihalari, tashkil etilgan yoki qo‘llab-quvvatlangan startaplar hamda innovatsion korxonalar soni, ularning rivojlanishiga yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan ma’lumotlar olish masalasi ko‘tarilgan.

📊 Deputatlik so‘rovida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilish darajasi, bajarilmagan yoki to‘liq bajarilmagan vazifalar, ularning sabablari hamda 2026-yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan ham asoslantirilgan ma’lumotlar taqdim etish talab qilingan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Majid Taxirov tomonidan Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i D. Xudaybergenovdan mazkur masalalar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, statistik ko‘rsatkichlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan aniq takliflarni 10 kun muddatda taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Toshkent shahrida raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq mazkur masalalar deputat Majid Taxirov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1