Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASIDA SESSIYA KOTIBI SAYLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
SPORT SOHASIDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MILLIY METODIKALARNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
янв.21
#munosabat Özbek yozuvining takomillaşuvi — kelajak avlod uçun muhim qadam
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI KENGASH SESSIYASIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasida tuman prokurorining kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
янв.21
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI KENGASHDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMLARIGA 1 959 TA ISH O‘RNINI ZAXIRAGA QO‘YISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN QAROR QABUL QILINDI
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Deputat tomonidan maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

🖋Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati A.Altinov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan tuman hududidagi 5-umumta’lim maktabining kutubxona faoliyati, kitoblar fondi hamda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi. Tashrif davomida kutubxonadagi badiiy va ilmiy adabiyotlar soni, ularning yangilanish darajasi, o‘quvchilarning kitob o‘qishga jalb etilishi hamda elektron resurslardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

❗️Shuningdek, kutubxona xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mas’ullarga kitoblar fondini boyitish, zamonaviy o‘quv resurslari bilan ta’minlash hamda o‘quvchilarning muntazam kitobxonlikka jalb etilishini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3