BOLAJONLAR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati B. Dadaboyev Chodak hududida joylashgan, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli “Ziyo Nur” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun tashkil etilgan ovqatlanish jarayoni, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi, mahsulotlarni saqlash sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
Bolalarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini ta’minlash, ularning salomatligini muhofaza qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar bolajonlar salomatligini asrash, ular uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.