Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHILONZOR TUMANIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“FUQAROLAR TASHABBUSI JAMG‘ARMASI”NI MOLIYALASHTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
“ERTA ARALASHUV” XIZMATINI TASHKIL ETISH MASALASI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
SHUKRONALIK — TINCHLIK VA FAROVONLIK QADRI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AL-XORAZMIY MFYDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KUTUBXONA — MA’RIFAT VA MA’NAVIYAT MASKANI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
“FUQAROLAR TASHABBUSI JAMG‘ARMASI”NI MOLIYALASHTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi doimiy komissiyasi yig‘ilishida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

Mazkur masala doirasida fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish va aholini hududlarni rivojlantirish jarayonlariga faol jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Muhokama davomida mablag‘larni belgilangan tartibda ajratish, zarur moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularning maqsadli sarflanishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida jamg‘armani moliyalashtirish bo‘yicha taklif ma’qullanib, masalani Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 2