Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHILONZOR TUMANIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“FUQAROLAR TASHABBUSI JAMG‘ARMASI”NI MOLIYALASHTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
“ERTA ARALASHUV” XIZMATINI TASHKIL ETISH MASALASI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
SHUKRONALIK — TINCHLIK VA FAROVONLIK QADRI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AL-XORAZMIY MFYDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KUTUBXONA — MA’RIFAT VA MA’NAVIYAT MASKANI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibida Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi barcha poliklinikalarning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Muhokama davomida tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, binolarning isitish tizimlari va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holati, zarur resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavsumiy yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, ularni erta aniqlash va aholining epidemiologik xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar ko‘rib chiqildi. Xususan, aholi o‘rtasida profilaktik emlash ishlarining tashkil etilishi, emlash bilan qamrab olish darajasi, fuqarolarni emlashning ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilish hamda belgilangan emlash tadbirlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, aholining ehtiyojmand qatlamlarini zarur dori vositalari bilan ta’minlash, tibbiy ko‘rsatmalar asosida bepul beriladigan dori vositalarining mavjudligi, ularni fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berish hamda ushbu jarayonda aholining qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Komissiya a’zolari tomonidan tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini kuchaytirish, yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish, emlash tadbirlarini belgilangan tartibda tashkil etish hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayonining holati ustidan tegishli nazoratni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Majlis yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 7