Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“FUQAROLAR TASHABBUSI JAMG‘ARMASI”NI MOLIYALASHTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
“ERTA ARALASHUV” XIZMATINI TASHKIL ETISH MASALASI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
SHUKRONALIK — TINCHLIK VA FAROVONLIK QADRI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AL-XORAZMIY MFYDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KUTUBXONA — MA’RIFAT VA MA’NAVIYAT MASKANI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Haftalik_ish_rejasi
🏛 PF–193-son Farmon ijrosi yuzasidan fikr almashildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugi deputati N.Himmatovaning saylov okrugiga qarashli “Yoshlik” mahallasi raisi B.Xamroyev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar va ularning ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholini qiynayotgan muammo va masalalarni o‘rganish, fuqarolar bilan muloqotni yanada kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida Farmon ijrosini ta’minlashda mas’ullarning o‘zaro hamkorligi, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda mahalla hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1