OG‘IR TOIFAGA TUSHGAN ITTIFOQ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanova tomonidan tomonidan og‘ir toifaga tushgan Ittifoq mahallasi Olmazor ko‘chasida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari jarayoni joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘chada olib borilayotgan asfaltlash ishlarining sifati, bajarilish jarayoni hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishildi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.