Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

IJTIMOIY HIMOYA YO‘NALISHIDAGI ISHLAR TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan 3-Charx Kamolon mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

Jarayon davomida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni to‘lash tartibiga rioya etilishi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va belgilangan yordam choralarining manzilliligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3