Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan yuborilgan deputat so‘roviga Chilonzor tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
📄 Taqdim etilgan javobda tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarini amalga oshirish tartibi, hududlardagi dolzarb muammolarni jamoatchilik fikri asosida hal etish hamda bolalar maydonchalarini qurish va ta’mirlash uchun budjet mablag‘larini ajratish masalalari yuzasidan tegishli ma’lumotlar bayon etildi.
Jumladan, “Ochiq budjet” dasturi orqali fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, aholini hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etishga rag‘batlantirish tartibiga izoh berildi.
🤝 Deputat so‘rovlari — hududdagi masalalarni o‘rganish, vakolatli tashkilotlardan zarur ma’lumot va tushuntirishlar olish hamda fuqarolar manfaatlarini ifoda etishning muhim vositasidir.