25-Yakkabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o‘g‘liga biriktirilgan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X. Mirzayeva tomonidan Yakkabog‘ mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ayrim uylarning kirish yo‘laklari ta’mirtalab holatda ekani, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, masalani bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.