Chilonzor tumanidagi ko‘pqavatli uylarning kirish yo‘laklarini ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
Xususan, tumanning 20-mavzesida joylashgan 8-sonli ko‘pqavatli uyning 1-kirish yo‘lagi “Mohi Nur kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan to‘liq ta’mirdan chiqarildi.
Mazkur ta’mirlash ishlarining borishi Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilib, nazorat qilindi.
Deputat tomonidan aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari tumandagi boshqa ta’mirtalab yo‘laklarda ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi.