25-Yakkabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o‘g‘liga biriktirilgan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Mirzayeva tomonidan Yakkabog‘ mahallasidagi ko‘pqavatli uylar atrofi va tutash hududlarning tozaligi hamda obodonlashtirish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududning sanitariya holati, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi, yo‘laklar va umumiy foydalanishdagi maydonlarning tozaligi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni toza va obod saqlash hamda aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.