Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna Zarqo‘rg‘on mahallasida joylashgan 164-maktabning kuz-qishga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
Shuningdek deputat maktab yoshlari bilan uchrashib o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazdi. Uchrashuvda ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda ularning muammolarini eshitish masalalari muhokama qilindi.