Chilonzor tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi ijrosi
Chilonzor tuman hokimi S Xolxo‘jayev, xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich va mas’ullar bilan birgalikda “Beshqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan 270-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayonini o‘rgandi.
Mazkur maktab binosi Chilonzor tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasida investitsiya dasturi asosida yangidan ta’mirlanmoqda. Bugungi kunda ishlar yakuniy bosqichda bo‘lib, maktab binosi foydalanishga tayyorlanmoqda.
Ta’mir jarayonida binoning fasadi bazalt qoplami bilan bezatilib, elektr tarmog‘i yangilandi, eshiklar almashtirildi, kirish qismi va sanitar xonalar to‘liq ta’mirlandi. Shuningdek, sinfxonalar va karidorlarda pardoz ishlari yakunlanmoqda, sport zalining pol qismi yangilandi.
Deputat o‘rganish davomida ta’mir sifati bilan tanishib, maktabni kuz-qish holatiga tayyorligiga alohida e’tibor berib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Uchrashuv yakunida ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitga keltirish yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashdagi muhim omil ekanligi ta’kidlandi.