Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TexVET loyihasining yakunlovchi konferensiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tmoqda

 Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ tomonidan amalga oshirilayotgan “TexVET” — “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi yakunlanmoqda. Shu munosabat bilan 9–10 oktyabr kunlari Samarqand shahrida “DUAL TA’LIM — O‘ZBEKISTON KELAJAGINI ShAKLLANTIRADI” mavzusida xalqaro anjuman
o‘tkazilmoqda. 

 Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, u to‘rt yillik TexVET I loyihasi yakunlariga bag‘ishlanadi va yangi TexVET II (2026–2028) dasturiga o‘tish bosqichi bo‘ladi. 

  Anjumanda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tashmuxammedova Muhabbat Baxtiyorovna, vazirlik va idoralar, to‘qimachilik korxonalari, kasb-hunar ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Konferensiya doirasida seminarlar, treninglar, galereyalar va ekskursiyalar tashkil etilgan. 

  Dual ta’lim tizimi ishlab chiqarish bilan ta’limni birlashtirib, zamonaviy mehnat bozori talabiga mos kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda. Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda fikr almashadilar:   

 Oliy ta’limda nazariya va amaliyot uyg‘unligi 

  Dual ta’limni amalda qo‘llash imkoniyatlari 

  Dual ta’lim elchilari tashabbusi 

   “Mehnat migratsiyasida qolaymi yoki ketaymi?” mavzusida muhokama 

 Loyiha doirasida 80 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 16 ta promo-roliklar yaratilgan. Shuningdek, gender tengligi va qishloq
yoshlari uchun imkoniyatlarni kengaytirishga katta e’tibor qaratilgan.  

Slide 1 of 4