Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich Chilonzor tumani "Xirmontepa" mahalla idorasida tuman "Nuroniylar jamg‘armasi" raisi T.Karimov, "Adolat" SDP Chilonzor tuman kengashi raxbari B.Raximov, mahalla raisi, mahalla otinoyi X.Mirzaxmedovalar boshchiligida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda mahalla yettiligi, mahallada istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon va onaxonlar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida deputat yoshlar muammolari bilan tanishdi va shuningdek hozirgi kunda dolzarb bo‘lib kelayotgan to‘y-hashamlarni ixcham qilib o‘tkazish bo‘yicha ham targ‘ibot suhbati bo‘lib o‘tdi.