Buxoro shahridagi Bahouddin Naqshband mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari
Buxoro shahar kengashi deputatlari aholi
bilan muloqotda bo‘ldi. Unda MFYda mavjud muammolar o‘rganildi.
Xususan, Bahouddin Naqshband mahallasida bo‘lgan xalq bilan muloqot
jarayonida shahar Kengashi
deputatlari hududdagi 43-maktab binosida kambag‘al oilalar farzandlari uchun bepul repititorlik kurslarini
tashkil etishda bosh-qosh bo‘lish tashabbusi bilan chiqdi. Shuningdek, mazkur
MFYda asosan subsidiyaga olingan uy-joylar mavjudligi bois aholining bu
boradagi savollariga javob berishi
uchun mahalla binosida jamoatchilik
asosida ishlaydigan psixologni jalb
etish , mahalla yoshlari chet tillarini o‘rganishi uchun o‘quv markazi va kutubxona tashkil
etish bo‘yicha ham aholidan tushgan murojaatlar e’tiborga olinadigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, hududdagi bozorchada savdo
qiladigan qishloq dehqonlari uchun
yengil konstruksiyali do‘konlar tashkil etish masalasi ham deputatlar nazoratiga olindi.
So‘ngra, mazkur mahalladagi oilaviy poliklinikada
fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, kommunal
xizmatlarga oid amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Bahovuddin Naqshband ”MFYda mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan
ishlar ahvoli o‘rganilib, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ro‘yxatiga
kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli o‘rganishlar
o‘tkazish, mazkur oilalarning ishsiz va yordamga muhtoj a’zolari bilan
suhbatlar o‘tkazilib, ularni daromadli qilish, ijtimoiy iqtisodiy yordamlar
ko‘rsatish bo‘yicha har bir oila kesimida individual rejalar tuzib, zarur
choralar ko‘rish yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Buxoro shahar B.Naqishband MFYda istiqomat qiluvchi
Ismoilov Asliddin Novvoyxonasi bilan yaqindan tanishilib tadbirkorga o‘zining
yo‘nalish sohasi qiyinchiliklari va ushbu faoliyatida davlatimiz tomonidan har
taraflama shart-sharoitlar yaratilayotganligi va huquqlari
kafolatlanayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar.