Doimiy komissiya yig’ilishida:
- Buxoro shahrida 2025-yilning 9 oyi davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza
qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga
oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar prokurorining axboroti to‘g‘risida; 
- Buxoro shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini ta’minlash hamda
jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning
samaradorligi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida; 
- Buxoro shahrida 2025-yilning o‘tgan davri davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan
ishlash holati to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi. 
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor
vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
PF-71-son Farmonining   2-ilovasi
11-bandi bo’yicha Yoshlar ishlari Buxoro shahar bo’limida Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining
korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy
komissiya tomonidan olib borilgan o’rganish yakunlari to’g’risidagi masala
doimiy komissiya yig’ilishida muhokama qilindi. 
  Mazkur masalalar bo’yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan o’z taklif va
qo’shimchalarini bildirildi va navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish
bo’yicha doimiy komissiya qarorlari qabul qilindi.