35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

OLTINSOY TUMANIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Z.Mengnorova ishtirokida “Qorliq” mahallasida joylashgan 56-sonli oilaviy shifokorlik punktida mavjud shart-sharoitlar, tibbiyot xodimlari faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi. 

O‘rganish davomida deputat tomonidan muassasaning moddiy-texnik bazasi, dori vositalari bilan ta’minlanish holati, tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlari va fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. 

Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — joylarda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatdan qoniqish darajasini oshirishdan iboratdir. 

 Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 4