✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Shokirov tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida bo‘lib, "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan, O‘RQ–642-son) ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
💠O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan bandlik xizmatlarining samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.
🤩Deputat qonun talablarining to‘liq va sifatli ijro etilishi, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflarini bildirdi.