Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Narqulova tomonidan Kattaqishloq mahallasida faoliyat yuritayotgan Tez tibbiy yordam bo‘limida tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bo‘limning faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam sifati, mavjud sharoitlar hamda xodimlarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, sohada mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
Mazkur o‘rganish natijalari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalani har tomonlama ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish jarayonida inobatga olinadi.