Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan Gulobod mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida o‘quvchi-oshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, “Yoshlar oyligi” doirasida mahallada rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlar dasturi ko‘rib chiqildi.
Deputat tomonidan yoshlarning qiziqishlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularni turli to‘garaklar hamda jamoat ishlariga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi.
Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yoshlar kelajagiga qaratilgan har bir tashabbus – yurt taraqqiyotiga qo‘yilgan mustahkam poydevordir.